O‘zbekistonda ilk marta Tojikiston banki vakolatxonasi ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga muvofiq «Oriyonbank» ochiq aksiyadorlik vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi.
Bu O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi Tojikiston bankidir. Bankning mamlakatda ishlash uchun ruxsatnomasi 2025-yil 10-avgustgacha amal qiladi.
Ma’lumt uchun, «Oriyonbank» Tojikistonning eng yirik banklaridan biri bo‘lib, moliya bozorida 30 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Aktivlari, sof foydasi va kapitali bo‘yicha u birinchi o‘rinlarni egallab, bank sektorida yetakchilardan biri hisoblanadi.
Dunyoning to‘rtta davlatida mazkur bank vakolatxonalari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda sakkizta xorijiy bankning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan uchtasi Janubiy Koreya banklariga, yana ikkitasi Germaniyaga tegishli. «Gazprombank» (Rossiya) va JP Morgan Chase (AQSh) vakolatxonalari ham O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter