Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Oliy darajadagi tadbirlarga boy dastur doirasida Xo‘jand shahrida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etdi.

Do‘stlik stelasining ochilish marosimi va uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi bo‘lib o‘tdi.

Yetakchilar tarixiy-madaniy majmua — Xo‘jand qal’asiga tashrif buyurib, san’at ustalarining qo‘shma konsert dasturini tomosha qildilar.

Aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring