Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon huzurida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladilar va ratifikatsiya yorliqlarini almashdilar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shartnoma o‘tgan yili 18-aprel kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama sammitda imzolangan edi.

Hujjat ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring