Sentyabrdan aholini pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi
Koronaviursga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromovning «Shifobaxsh» kanaliga ma’lum qilishicha, har yili kuz va qish faslida havo tomchi orqali yuqadigan kasalliklarni ko‘tarilishi kuzatiladi.
«Bu shifokorlar tilida mikst-infeksiya deyiladi ya’ni qo‘shilib kasallik chaqirishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilishi mumkin. Gripp va pnevmoniya chaqiruvchi virusli kasalliklarni koronavirus bilan birgalikda kelishi virusni kuchayishini va bundan ham og‘irroq darajaga olib kelishini taxmin qilish mumkin», – dedi mutaxassis.
Uning qayd etishicha, ayni kunlarda gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu ishlar sentyabr oyidan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter