Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim: grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalar e’lon qilindi

Muhim: grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalar e’lon qilindi

 JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash bo‘yicha yangi qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.

Yangilangan yo‘riqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi

Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik og‘ir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.

Qo‘llanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning og‘ir shakllari rivojlanish ehtimoli bo‘lsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past bo‘lsa, preparatni qo‘llash maqsadga muvofiq emas. 

Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham to‘g‘ri emas. 

Kasallikning og‘ir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past bo‘lsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi o‘tkazilmasligi zarur.

Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori bo‘lsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tavsiyalar bilan to‘liq ushbu havolada tanishishingiz mumkin. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring