O‘zbekistonda Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi
Joriy yil 11-17 iyun kunlari Xiva shahrida birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari o‘tkazadilar.
Qayd etilishicha, mazkur olimpiadani o‘tkazishdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab – quvvatlashdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter