Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Kobulga bordi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Kobulga bordi

O‘zbekiston transport vaziri Kobulga bordi. Ilhom Maxkamovni Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev hamrohligida Tolibonning amaldagi tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy qabul qildi.

Qayd etilishicha, Ilhom Mahkamov Transafg‘on temir yo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlayotgan muhandislar guruhiga rahbarlik qiladi.

Shuningdek, bir necha hafta ichida O‘zbekistondan temiryo‘l yotqizish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash uchun jihozlar bilan navbatdagi delegatsiya ham kelishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, ikki tomon delegatsiyalari afg‘on uglevodorodlarini qazib olish, O‘zbekiston tomoniga 1 mln tonna ko‘mir sotish hamda Mozori Sharifdagi Imom al-Buxoriy madrasasini qurish ishlarini muhokama qiladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring