Transport vaziri Ilhom Mahkamov ham ogohlantirildi
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazishda ishonchli logistika zanjirlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan masalalar tahlil qilindi.
Misol sifatida ko‘rsatilishicha, ayrim mamlakatlarda yuk tashishda qo‘shimcha yig‘imlar mavjud, haydovchilar uchun viza rejimi murakkab, avtotransport uchun vazn talablarini muvofiqlashtirish yakuniga yetkazilmagan, portlarda eksport tovarlarini saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan terminallar yo‘q.
Bu masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun transport vaziri I.Mahkamov ogohlantirildi.
Investitsiya vazirligiga logistikadagi muammolarni yechish, mintaqaviy va yirik xalqaro loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.
Strategik temir yo‘l koridorlarini barpo etish doirasidagi ishlarni faollashtirish lozimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga xorijiy mamlakatlarda mahalliy tashuvchilarimiz uchun viza rejimini soddalashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter