«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog» faxriy unvoni ta’sis etildi

Joriy yil 19-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog» faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.
Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter