Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida uchinchi ochiq keys-chempionatiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida uchinchi ochiq keys-chempionatiga start berildi

Birinchi va ikkinchi ochiq keys-chempionati muvoffaqiyatli yakunlagangach, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Uchinchi ochiq keys-chempionatiga start berildi. Oldingi tadbirlarda 3000ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, ulardan 600 nafardan ortig‘i g‘alaba qozongan edi.

Keys-chempionati g‘oliblari quyidagilarni qo‘lga kiritishlari mumkin:

- jamoa safida bellashib o‘z bilim va ko‘nikmalar darajasini sinab ko‘rishi;
- professional tahlilchilar va strateglar darajasidagi muammolarni hal qilishga urinib ko‘rishi;
- professional hakamlar hay’ati tomonidan tan olinishi;
- o‘z yutuqlarining portfoliosini Sovrindor sertifikati bilan to‘ldirishi;

Keys-chempionati ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavzular taklif etiladi:

- mobil ilovalarni rivojlantirish;
- sun’iy intellektni qo‘llash;
- investorlar huquqlarini himoya qilish;
- monopoliyalar faoliyatini boshqarish;
- xususiylashtirish masalalari;
- aholining moliyaviy savodxonligi;
- «O‘zbekiston iqtisodiy mo‘jizasi».

Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish www.qabul.bfa.uz veb-saytida amalga oshiriladi. U yerda keys-chempionatining o‘tkazish tartibi ham e’lon qilingan.

Keys-chempionat taqvimi:

- 10 noyabrgacha ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- 11 noyabrgacha jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- 11 noyabrgacha keys-topshiriqlarini e’lon qilish;
- 18 noyabrgacha bajarilgan keys vazifalarini qabul qilish;
- 21 noyabrgacha baholash natijalarini e’lon qilish;
- 27 noyabrgacha keys-chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi.

Keys-chempionati respublikamizni yetakchi bank va moliya tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Uchinchi ochiq keys-chempionati to‘g‘risida batafsil ma’lumotni www.bfa.uz veb-saytida va http://t.me/bfauz kanalida olishingiz mumkin.

Homiylik va sherikchilik masalalari bo‘yicha [email protected] manziliga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Yangiliklarni https://t.me/bfauz orqali kuzatib boring

Savol va murojaatlar uchun @BFA_uz_bot

Sharhlar va suhbat uchun https://t.me/BFA_General

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring