Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank-moliya akademiyasi magistraturaga o‘qish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qildi

Bank-moliya akademiyasi magistraturaga o‘qish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qildi

Foto:«Yandeks»

📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 31-oktyabrdagi PQ-4503-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi «Keys chempionat»i shaklida magistraturaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

✅Akademiyada bu yildan o‘qishni boshlagan magistrlar uchun qo‘yidagi afzalliklar mavjud:

👨🏻‍💻o‘quv jarayoni ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi;

📆 o‘qish muddati 12 oyni tashkil etadi;

💸davlat tashkilotlari xodimlari davlat granti xisobidan o‘qitiladilar.

☝️Aytib o‘tish joyizki, Akademiya nafaqat bank va moliya sohasi mutaxassislarini tayyorlaydi, balki keng iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lajak rahbarlarni tayyorlashda, yuqori darajali kadrlar zaxirasini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

📎Ro‘yxatdan o‘tish 2020-yil 10-oktyabrgacha Akademiya saxifasida tashkil qilingan va barcha tashkiliy xujjatlar ko‘rsatilgan.

Ikkinchi ochiq keys-chempionat Birinchi ochiq keys-chempionatni muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida ikkinchi ochiq keys-chempionatiga start berildi. Oldingi tadbirda 1500ga yaqin O‘zbekistonlik ishtirokchilar qatnashib, ulardan 300 nafardan ortig‘i g‘alaba qozongan bo‘lsa, bu safar ishtirok etish uchun O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston universitetlari va biznes maktablarining talabalari va bitiruvchilari taklif etildi. Keys-chempionati g‘oliblari quyidagilarni qo‘lga kiritishlari mumkin:

🔶 professional hakamlar hay’ati tomonidan tan olinishi;

🔶 jamoa safida bellashib o‘z bilim va ko‘nikmalar darajasini sinab ko‘rishi;

🔶  boshqa mamlakatlar ishtirokchilari bilan raqobatlashishi;

🔶  homiylar va tashkilotchilarning sovg‘alari; - o‘z yutuqlarining portfoliosini Sovrindor sertifikati bilan to‘ldirishi;

🔶  professional tahlilchilar va strateglar darajasidagi muammolarni hal qilishga urinib ko‘rishi.

🔻Keys-chempionati ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavzular taklif etiladi:

🔹 davlat qarzini boshqarish;

🔹 bank sohasida risklarni boshqarish;

🔹milliy reyting agentliklarini rivojlantirish;

🔹pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash;

🔹eng kam asosiy daromad to‘lovlarini tadbiq qilish;

🔹kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish;

🔹iqtisodiy o‘sishni moliyalashtirish vositalari;

🔹klassik banklarning raqobatchilari va boshqalar.

✍🏻Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish www.qabul.bfa.uz veb-saytida amalga oshiriladi. U yerda keys-chempionatining o‘tkazish tartibi ham e’lon qilingan.

📅Keys-chempionat taqvimi:

🔸 10 oktyabrgacha ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

🔸11 oktyabrgacha jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

🔸11 oktyabr keys-topshiriqlarini e’lon qilish;

🔸18 oktyabrgacha bajarilgan keys vazifalarini qabul qilish;

🔸21 oktyabr baholash natijalarini e’lon qilish;

🔸26 oktyabr keys-chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi.

🌐Keys-chempionati respublikamizni yetakchi bank va moliya tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ikkinchi ochiq keys-chempionati to‘g‘risida batafsil ma’lumotni www.bfa.uz veb-saytida va http://t.me/bfauz kanalida olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring