O‘zbekiston milliy karate federatsiyasiga yangi rais saylandi
Sportni rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston karate WKF federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bunga qadar Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mas’ul xodimi bo‘lib ishlagan Rashid Azatovich Talipovning O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi raisi lavozimiga nomzodi delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alamjon Mullayev, shuningdek, federatsiyaning turli rahbarlik organlarida mehnat qilib kelayotgan Baxtiyor Nigmatullayev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Jiyemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o‘rinbosarlari, bungacha federatsiya ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farrux Toshkenboyev federatsiya bosh kotibi etib saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter