O‘zbekiston Milliy banki «TalabaExpo-2025» kasb yarmarkasida ishtirok etishga taklif etadi

21-23 may kunlari Toshkentdagi «Zakovat Arena»da yirik kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
«TalabaExpo-2025» — bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan, NBU, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ishtirokida tashkil etilgan keng qamrovli tashabbus bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yirik ish beruvchilar bilan yosh mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.
«TalabaExpo-2025»da sizni quydagilar kutmoqda:
▫️ Bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar;
▫️ Biznes g‘oyalarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi;
▫️ HR bilan bevosita suhbat
▫️ Bank sohasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar;
▫️ Maslahatlar va ochiq muloqotlar.
Aloqa markazi:
📞 1344
☎️ (78) 148-00-10
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter