Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

16-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:30 da O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i Tojikistonda, Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,5, chuqurlik — 112 km.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 457 km, 2 ball.
Namangan : 353 km, 3 ball.
Andijon : 326 km, 3 ball.
Farg‘ona : 284 km, 3 ball.
Guliston : 414 km, 3 ball.
Jizzax : 452 km, 2 ball.
Samarqand : 495 km, 2 ball.
Buxoro : 705 km, 2 ball.
Termiz : 438 km, 2 ball.
Qarshi : 568 km, 2 ball.
Navoiy : 638 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan, talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring