O‘zbekiston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi – Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar harbiy texnikalarda Rossiyaga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgandi, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirildi» mazmunidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Vazirlikka ko‘ra, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
«Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.
Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi», – deyiladi vazirlikning rasmiy munosabatida.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati, o‘z o‘rnida, asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter