O‘zbekiston bir oyda to‘qimachilik mahsulotlaridan qancha daromad topdi?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar oyida qiymati 250,2 mln AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 22,4 foizini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 14,4 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 foiz), kalava-ip (48,5 foiz) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar oyida 438 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 47 ta davlatiga eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Kalava-ip – 121,4 mln
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 93,6 mln
Trikotaj mato – 18 mln
Gazlamalar – 13,7 mln
Paypoq mahsulotlari – 3,5 mln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter