O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi
O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasining 2024 yil 24 sentyabrdagi umumiy yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rilib, unda mahoratli ijodkor va ko‘plab animatsion filmlar muallifi Abdulatif Ibragimovich Haydarov rais etib saylandi.
Abdulatif Haydarov mamlakatimizda animatsiya sohasida taniqli ijodkorlardan biri bo‘lib, 2010 yildan boshlab erkin ijodkor siftida, 2016 yildan esa «ASTIR ANIMATION STUDIO» MChJ rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U tomonidan «Avtosarguzashtlar», «Sayyoh» multseriallari, «Xasis baqqol», «Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat», «To‘maris» va «Abu Rayxon Beruniy» kabi animatsion filmlar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi 2020 yilda nodavlat notijorat tashkilot sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter