Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida o‘ndan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida o‘ndan ortiq hujjat imzolandi

Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va investitsiya tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, AQShning AKT, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, transport, bank ishi va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Biznes forumda ikki mamlakat rahbariyatlarining siyosiy irodasi, hukumatlar va ishbilarmon doiralarning doimiy hamkorligi natijasida o‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan AQShning 300 ta kompaniyasi hamda ularning rivojlanish ko‘rsatkichlari muhokama qilingan. Ayni paytda O‘zbekiston iqtisodiyotining avtomobilsozlik –  «General Motors», qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish – «John Deer», «CNH», gaz ishlab chiqarish – «Air Products», qishloq xo‘jaligi – «Silverleafe» va boshqa sohalarida AQSh kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Biznes-forum O‘zbekiston va AQSh vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va yetakchi kompaniyalari rahbarlarining «G2B» va «B2B» formatidagi uchrashuvlari bilan davom etdi. Unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalarini atroflicha muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tadbir yakunida energetika, mashinasozlik, AKT, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy-texnik hamkorlik, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalarda 12 ta hujjat imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring