Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek jurnalistlari Tojikistonda: biz bilgan va bilmagan Dushanbe (fotoreportaj)

O‘zbek jurnalistlari Tojikistonda: biz bilgan va bilmagan Dushanbe (fotoreportaj)

Dushanbe shahri markazining yuqoridan ko‘rinishi. 2022 yil, 15 oktyabr.

Foto: Xabar.uz

Tojikiston jurnalistlari uyushmasi taklifi bilan O‘zbekiston jurnalistlari rasmiy delegatsiyasi 12-17-oktyabr kunlari ushbu mamlakatga safar uyushtirdi. 

Besh kun davom etgan safar davomida jurnalistlar Dushanbe, Xo‘jand, Tursunzoda, Norak, Dang‘ara, Panjakent kabi shahar va sanoat hududlarida bo‘lishdi. 

Dushanbe — Tojikistonning eng yirik shahri va poytaxti sanaladi. Poytaxtda bir milliondan ziyod aholi yashaydi, shahar 4 ta ma’muriy birlikka bo‘linadi. Bular: Ismoil Somoniy, Firdavsiy, Shohmansur, Sino tumanlaridir. 

Komsomol ko‘li. Ko‘lni xalq qo‘l kuchi bilan 1939 yilda qazigan. Foto: Xabar.uz

Dushanbe — zamonaviy va milliy qadriyatlar asosida qurilgan binolarni o‘zida jamlagan shaharlardan sanaladi. 

O‘zbekistonlik jurnalistlar ana shunday uslubda qad rostlagan Qohi Navro‘z saroy-majmuasi bilan tanishishdi. 

Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz

Qohi Navro‘z majmuasi yog‘och o‘ymakorlik san’atining yuksak namunalari bilan bezatilgan. Olti yil davomida qurilgan ushbu saroyda ShHT, MDH va boshqa xalqaro nufuzli tashkilotlar sammitlari bo‘lib o‘tgan. 

Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz

Eng muhimi, ushbu majmua mahalliy aholi va xorijlik sayyohlar uchun har doim ochiq sanaladi. 

Dushanbe shahrining amaldagi meri Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Emomali sanaladi. Rustam Emomali 2017 yil 4 apreldan ushbu lavozimga kirishgan. 

Poytaxtda, umuman butun Tojikistonda «Millat peshvosi»ning suratlari universitet, kutubxona, savdo majmualari boshqa muassalarda ko‘p uchraydi. 

Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, Rustam Emomali shahar rahbarligini egallagandan so‘ng, zamonaviy qurilishlar soni ko‘paygan va kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati yaxshilangan. 

Dushanbedagi zamonaviy qurilishlar. Foto: Xabar.uz

Tojikiston poytaxti tog‘li hududda joylashgan va Dushanbe aglomeratsiyasi (qariyb 1,5 mln. kishi) markazidir. Shahardagi Rudakiy prospekti daraxtlar va o‘simliklarga boy, xushmanzara hudud sanaladi.

Dushanbe ko‘chalaridagi daraxtlar. Foto: Xabar.uz

Umuman olganda Dushanbe - anchagina yashil va iqlimi yumshoq shahar. Hududdagi iyul oyidagi o‘rtacha yuqori harorat 35,6 gradusni tashkil qiladi.

Ulug‘bek Oripov tayyorladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring