Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda o‘zbek-Amerika-Kanada biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Navoiyda o‘zbek-Amerika-Kanada biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Navoiy viloyatida AQSh hamda Kanada davlatlarining ishbilarmon doiralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ishtirokida ilk bora o‘tkazilgan «Navoiy hududini o‘zingiz uchun kashf qiling – biznesingiz uchun yangi gorizontlar joyi» nomli O‘zbek-Amerika-Kanada biznes forumi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning mart oyida viloyatimizga qilgan tashrifi chog‘ida keng imkoniyat va resurslarni inobatga olib, Navoiy viloyatiga erkin iqtisodiy hudud maqomini berish tashabbusini ilgari surgan edi.

Bu tashabbus prezidentning joriy yil 15 may kuni qabul qilgan «Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan yanada mustahkamlandi.

Farmonga asosan «Navoiy» erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy viloyatidagi korxonalarga yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq hamda bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berilgani viloyatda barqaror investitsion muhit yaratilayotganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, Farmon bilan «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy vi-loyatidagi korxonalar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yil-dan 10 yil muddatgacha, shu jumladan, ekvivalenti: 300 ming AQSh dol-laridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga; 3 million AQSh dolla-ridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga; 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajm-dagi investitsiyalar — 7 yil mud-datga; 10 million AQSh dollari va undan ko‘p hajmdagi investitsiyalar keyingi 5 yil davomida daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovining amaldagi stavkalarini 50 foiz hajm-da qo‘llangan holda — 10 yil muddatga beriladi.

Joriy yil 1 iyundan boshlab esa xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kor-xonalarning ta’sischilari — «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi qatnashchilari va ularning oila a’zolariga respublika hududidan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan, amal qilish muddati uch yilgacha bo‘lgan «investitsiya vizasi» amalga tadbiq etiladi.

Ayni shunday tarixiy kunlarda yurtimizga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi savdo missiyasi tarkibidagi 100 nafarga yaqin ishbilarmon doira vakillari O‘zbekiston ishonchli hamkor ekanligini e’tirof etdilar.

Forum doirasida Klinton shahri bilan Zarafshon shaharlari o‘rtasida birodar shaharlar to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Marusa Hosilova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring