OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalar ma’lum qilindi (ro‘yxat)
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalarni eslatib o‘tdi.
Unga ko‘ra, quyidagi abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega:
-Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
-xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilar;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
-«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari;
- «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblari;
- tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari;
- Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;
- «Nihol» mukofoti sovrindorlari;
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo‘nalishlariga);
- to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
- Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar;
- chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
- harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar;
- ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari;
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter