Ortiqxo‘jayevning kompaniyasi Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘ni rekonstruksiya qiladi
Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun o‘tkazilgan tenderda «Discover Invest» MChJ g‘olib deb topildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Olmazor Business City yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi 21 fevral kuni Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun 34 mlrd 88 mln so‘mlik tender e’lon qilgan.
Mazkur tenderda 33 mlrd so‘mlik taklif bilan «Discover Invest» MChJ g‘olib deb topilgan. Kompaniya rekonstruksiya ishlarini 240 kunda yakunlashi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Abdulla Qodiriy madaniyat va istirohat bog‘ida 2019 yildan buyon rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bog‘ so‘nggi bor 2022 yilning mart oyida «uch oylik rekonstruksiya» uchun yopilgan edi. Shu vaqtga qadar bog‘ ta’miri uchun 40 mlrd so‘m ajratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter