Onlayn xaridlar uchun ham keshbek beriladi
Tadbirkorlik sub’yektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Agar xaridor to‘lovlarni elektron to‘lov tashkilotlari, bank mobil ilovalar yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.
Bunday cheklar uchun «Soliq» mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter