Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn-muloqot: Notariat sohasida qiziqtirgan savollaringizni yo‘llang!

Onlayn-muloqot: Notariat sohasida qiziqtirgan savollaringizni yo‘llang!

Foto: «Xs.uz»

Ertaga, 6-iyun kuni Adliya vazirligi mutaxassislari kun davomida onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholining notariat sohasida qiziqtirgan savollariga javob beradi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Notariat sohasidagi savollarni bugun, 5-iyun kuni soat 18:00 dan boshlab telegramdagi @notariusgasavolbot orqali yo‘llash mumkin.

Savollar 80 ta so‘zdan oshmasligi, aynan notariat sohasiga oid (bitimlarni rasmiylashtirish, davlat bojlari va h.k) bo‘lishi lozim. Talablarga javob bermaydigan savollar ko‘rib chiqilmaydi.

6-iyun soat 15:00 da Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning savollariga javob beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring