Garovga qo‘yilgan mulkka notariusda taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi
![Garovga qo‘yilgan mulkka notariusda taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi](https://static.xabaruz.com/crop/8/8/720_460_95_886028845.jpg)
Prezidentimiz davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etdi.
Misol uchun, o‘tgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan bo‘lsa, davlat banklarida bor-yo‘g‘i 13 foizga oshgan.
Banklar joriy yilda masofaviy xizmat ko‘rsatishni kamida 30 foizga o‘stirishi muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi.
Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter