Olmaotada sutka davomida uchinchi marta yer qimirladi

Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Oltoy-Sayan filiali Qozog‘iston sharqida yuz bergan seysmik holatni qayd etdi. Zilzila kuchi 4,6 ballga teng bo‘lgan.
Uning epitsentrida esa (Xitoyning Qoramoy shahridan 271 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan) yer silkinishi intensivligi MSK-64 shkalasi bo‘yicha 5,8 ballni tashkil etgani aytilmoqda.
«Zakon.kz» yozishicha, Olmaotada sutka davomida zilzilalar soni uchtaga yetgan. Birinchisi Olmaota vaqti bilan 9-may soat 21:36 dan 54 soniya o‘tganda yuz bergan. Ikkinchisi 10-mayga o‘tgan tun soat 02:11 da, uchinchisi bugun soat 7 dan 14 daqiqa o‘tganida sodir bo‘lgan. Oraliqlar har besh soatga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter