Olmaliqqa yangi hokim tayinlandi
Olmaliq shahri hokimi Usmon Rahimov o‘g‘lining «erkaliklari» ortidan ishdan olingani xabar qilingandi.
Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etgan xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Olmaliqning yangi hokimi tanishtirildi.
Shu paytgacha Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Qobil Hamdamov Olmaliq shahar hokimi etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter