Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda mashina urib ketgan qizlardan biri 9 kun o‘tib vafot etdi

Olmaliqda mashina urib ketgan qizlardan biri 9 kun o‘tib vafot etdi

Joriy yilning 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2004 y.t. haydovchi S.X. boshqaruvidagi Damas avtomashinasida shaharning 21-maktab qarshisidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 14 yoshli ikki nafar o‘quvchi qizni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgani haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 24 may kuni YTH ishtirokchilaridan biri, 2009 y.t. M.Y. (maktab o‘quvchisi) olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etdi. Bu haqda  Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur YTHga haydovchi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangani sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring