Oliy ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi qarori bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Kongratbay Sharipov (1963-yilda tug‘ilgan) bunga qadar — 2017-yildan buyon Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter