Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan, jumladan, vazir o‘rinbosarlari hamda vazirlik tizimidagi agentliklarga rahbarlar tayinlandi.
Unga ko‘ra:
- Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Shaxloxon Turdikulova oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Olimjon To‘ychiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga;
- Madjit Karimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sadoqat Siddiqova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter