Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud yana 173 nafar mustabid tuzum qurbonlarini oqlashi mumkin

Oliy sud yana 173 nafar mustabid tuzum qurbonlarini oqlashi mumkin

2022-yil 19-dekabr kuni soat 15:00 da Oliy sudda mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 173 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari apellyasiya tartibida Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqiladi.bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur jarayon 2020-yil 8-oktyabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida Sobiq ittifoq repressiyasiga uchragan shaxslarga oid ish hisoblanadi.  

Shuningdek, ularning ayrim sabablarga ko‘ra avvalgi sud ishlarida reabilitatsiya qilinmay qolib ketgani, shu bois Respublika ishchi guruhi ushbu qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritilgani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-yanvar kuni ham Oliy sud jami 120 nafar  qatag‘on qurbonlari harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan oqlagan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring