Og‘ir dard bilan kurashayotgan taniqli aktyorga «Oskar» topshirildi (foto)
Aktyor Maykl Jey Foksga faxriy «Oskar» topshirildi — u Parkinson kasalligiga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun Amerika kinoakademiyasining ushbu mukofoti bilan (ilk marotaba) taqdirlandi.
Faxriy «Oskar» gumanitar sa’y-harakatlari bilan ushbu sohaga katta hissa qo‘shgan kinematografiya san’ati va fanlari arboblariga topshiriladi.
Maykl Jey Foks 30 yoshida (1991-yilda) Parkinson kasalligiga chalingan. Biroq uning xastaligi oradan yetti yil o‘tib ko‘pchilikka ma’lum bo‘ldi. Bu yillar davomida aktyor rafiqasi Treysi Pollan madadi bilan tushkunlikni yengib o‘tdi. Keyinchalik u Parkinson kasalligiga qarshi kurashuvchi jamg‘armaga asos soldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter