AQSh kinoaktyorlar gildiyasi eng yaxshi aktyorni aniqladi

Aktyor Timoti Shalame AQSh kinoaktyorlar gildiyasi (Screen Actors Guild Award)ning «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Gildiyaning Los-Anjelesda o‘tgan 31-mukofotlash marosimi Netflix striming servisida namoyish etildi.
Fransuz-amerikalik aktyor «Bob Dilan: Notanish» (A Complete Unknown, 2024) filmidagi roli uchun sovrinni qo‘lga kiritdi.
Edrian Broudi (The Brutalist, 2024), Deniel Kreyg (Queer, 2024), Kolman Domingo (Sing Sing, 2023) va Reyf Fayns (Conclave, 2024) kabi taniqli aktyorlar ham bu nominatsiyaga ko‘rsatilgan edi.
O‘tgan yili eng yaxshi erkak aktyor nominatsiyasi g‘olibligi Kristofera Nolanning «Oppengeymer» (Oppenheimer, 2023) filmida bosh rolni o‘ynagan irland aktyori Killian Myorfiga nasib etgandi. U keyinroq shu roli uchun «Oskar» ham oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter