Odam savdosida ayblangan ikki ayol Istanbuldan deportatsiya qilindi
Joriy yilning 10-yanvarida Turkiya va O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2018-yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, 1985-yilda tug‘ilgan D.Umarova va 2017-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1983-yilda tug‘ilgan M.O‘lmasova joriy yilning 10 yanvar kuni Istanbul shahrida qo‘lga olindi.
Mazkur shaxslar, kecha, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindilar.
Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter