Nyu-Yorkda ayol pichoq bilan bog‘chaga hujum qildi
AQShning Nyu-York shahri Kuins tumanidagi bog‘chaga bir ayol pichoq bilan hujum qilishi oqibatida 5 kishi, shu jumladan, 3 bola jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da sodir bo‘lgan.
Ayni paytda jabrlanganlarning hayoti xavf ostida emas. Faqat bir bolaning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 52 yoshli ayol hujum uyushtirgan. U hozir qo‘lga olingan.
Surishtiruv boshlab yuborilgan
Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.
Avvalroq AQShning Merilend shtatida ham 26 yoshli ayol qurolli hujum uyushtirgani haqda xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter