Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Germaniyada Fisher shaxmat bo‘yicha «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turniri saralashi o‘z yakuniga yetdi.

Bugungi kunning eng kuchli 8 nafar grossmeysteri o‘rtasida tashkil etilgan bahsda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.

Yurtdoshimiz 8 ta tur yakuniga ko‘ra, 5,5 ochko jamg‘ardi va musobaqaning saralash bosqichi g‘olibiga aylandi.

U so‘nggii turda Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.

Nodirbek musobaqa davomida Alirizo Firudja, Magnus Karlsen, Gukesh va Ding Lirenni mag‘lub etgan bo‘lsa, Vinsens Keymer, Fabiano Karuana, Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi.

Endi u asosiy bahslarni 1-o‘rin sifatida boshlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring