Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel sovrindorini «sumkasidagi bomba» tufayli samolyotga kiritishmadi

Nobel sovrindorini «sumkasidagi bomba» tufayli samolyotga kiritishmadi

Foto: «RIA Novosti»

Belarus yozuvchisi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyevich sumkasida portlovchi moslama borligi haqidagi xabar tufayli vaqtida Berlindan Vrotslavga parvoz qila olmadi, deya xabar bermoqda EADaily portali.

Chorshanba kuni kechqurun uning buyumlari orasida bomba bo‘lishi mumkin degan gumon bilan Berlin aeroportida samolyotga chiqishiga ruxsat berishmadi.

Hodisa to‘g‘risida birinchi bo‘lib Facebook orqali polshalik yozuvchi Olga Tokarchuk yozgan. Aleksiyevich unikiga mehmonga ketayotgandi.

Tekshiruv tugagunga qadar Aleksiyevichning samolyoti uchib ketdi. U esa Polshaga avtomobilda yetib olishiga to‘g‘ri keldi.

O‘tgan yili Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng Aleksiyevich nemis akademik almashinuv xizmatlari orqali Germaniyada bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring