Niderlandiya va Ekvador Qatarni turnirdan chiqarib yubordi
Qatardagi JCh A guruhi 2-tur ikkinchi o‘yini — Niderlandiya va Ekvador to‘qnashuvi yakuniga yetdi.
Niderlandiya 6-daqiqadayoq hisobni ochdi: Devi Klassendan to‘pni qabul qilib olgan hujumchi Kodi Gakpo chap oyog‘i bilan darvozaning chap yaqin burchagini aniq nishonga oldi — 1:0. Bu Gakponing JCh-2022 dagi ikkinchi goli.
Ekvadorliklar sardori va to‘purari Enner Valensiya 49-daqiqaga kelib muvozanatni tikladi — 1:1. Valensiya ikkinchi turdayoq Qatar-2022 dagi gollari sonini uchtaga yetkazib oldi.
QATAR-2022. A GURUHI. 2-TUR
Niderlandiya – Ekvador 1:1
Gollar: Kodi Gakpo (6) — Enner Valensiya (49).
A guruhining avvalroq o‘tkazilgan Qatar – Senegal o‘yinida 1:3 hisobida turnir mezbonlari mag‘lubiyatga uchrashgandi.
Qatar turnirni muddatidan avval tark etdi.
A guruhidagi vaziyat (2-turdan so‘ng)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter