Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekvadorda prezident saylandi

Ekvadorda prezident saylandi

Foto: Bloomberg

Ekvador milliy saylov kengashi «Milliy demokratik harakat» partiyasi nomzodi — amaldagi davlat rahbari Daniel Noboani prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi g‘olibi deb e’lon qildi.

Noboani saylovchilarning 55,92 foizi qo‘llab-quvvatladi, uning raqibi — «Fuqarolik inqilobi harakati» partiyasi vakili Luisa Gonsales 44,08 foiz ovoz to‘pladi.

Luisa Gonsales.
Foto: RIA Novosti

Gonsales saylov natijalarini tan olmadi va ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring