Neymar «Navbahor» bilan o‘yindan keyin murabbiy iste’fosini talab qilmoqda
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar jamoa bosh murabbiyi Xorxe Jezusni istefoga chiqarishga chaqirdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
18-sentyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinda «Navbahor» bilan 1:1 o‘ynagan klub hujumchisi Neymar murabbiyni ketkazish payiga tushgan.
Asabiy o‘tgan o‘yinda Neymar raqibini turtib yubordi va raqib yiqilib tushganda to‘p bilan unga zarba berdi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Jezus kiyim tekshiruvida braziliyalikni tanqid qilgan va bu futbolchi va murabbiy o‘rtasida mojaroga sabab bo‘lgan. Endi forvard jamoa rahbariyatidan portugaliyalik mutaxassisni istefoga chiqarishni talab qilmoqda.
Neymar 15-avgust kuni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tdi. «PSJ» forvardni bonuslarni qo‘shgandi 90 million yevroga sotgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter