Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar «Santos»ga qaytganidan so‘ng ilk golini urdi

Neymar «Santos»ga qaytganidan so‘ng ilk golini urdi

Foto: Reuters

Braziliyalik futbol yulduzi Neymar oradan 12 yil o‘tib qadrdon «Santos» klubiga qaytganidan so‘ng ilk golini urdi.

U Campeonato Paulista (San-Paulu shtati chempionati) ilk o‘yinida «Agua Santa»ga qarshi to‘p surdi. Jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda Neymar 14-daqiqada penaltidan gol kiritdi, qolaversa, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Neymar — «Santos» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 2009–2013-yillarda jamoa asosiy tarkibida porlagan va Yevropa grandlarining nazariga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni Saudiyaning «Al-Hilol» klubi Neymar bilan shartnomasini bekor qilgandi.

Neymarni «Al-Hilol» Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubidan 2023-yil yozida 90 mln yevroga sotib olgan. U yangi jamoasida bor-yo‘g‘i besh o‘yin o‘tkazib, bittagina gol ura oldi. Chunki o‘sha yil kuzida Braziliya safida Urugvayga qarshi o‘yinda jarohat olib, qariyb bir yilga safdan chiqdi.

Neymar eng yaxshi o‘yinlarini «Barselona»da (2013–2017)da o‘tkazgan. Kataloniyaliklar safida ikki marta Ispaniya chempioni (2014/15, 2015/16), uch karra Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan. 2014/15 mavsumida jamoasi bilan Yevropa Chemponlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring