Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega samolyotda quloq og‘riydi? Unga qarshi mutaxassis maslahati

Nega samolyotda quloq og‘riydi?  Unga qarshi mutaxassis maslahati

Foto: «Otospektr.com»

Tumovga chalinish parvozni bekor qilishga jiddiy asos bo‘lolmaydi. Shunga qaramay, rinit bezovta qilganida samolyot bortiga ko‘tarilish — yaxshi fikr emas, deb yozadi «AIF». Nima uchun, degan savolga esa otorinolaringolog shunday javob beradi.

— Tumovni osmondan ko‘ra yerda o‘tkazish osonroq. Rinitga chalingan payt uchishga majbur bo‘lganlar buni yaxshi bilishadi: hatto parvoz silliq kechgan taqdirda ham, qo‘nayotganda quloqlarda chidolmaydigan darajada kuchli og‘riq turishi mumkin. Odatda u bir soatdan bir kungacha davom etadi, — deydi ekspert.

Otorinolaringolog Kira Bazarkinaning izohlashicha, bejizga og‘riq aynan qo‘nayotganda kelib chiqmaydi.

— Quloqlarimiz eshitish nayi orqali burun bilan bog‘langan. Samolyot osmonga ko‘tarilganda, burun-halqum va burun bo‘shlig‘idagi ozgina shish quloq teshigiga o‘tib, uni yopib qo‘yadi. Bunda quloq bo‘shlig‘ida qolgan havo sekin-asta so‘riladi, undagi bosim pasayadi, quloq pardasi tortiladi. Parvozda buni deyarli sezmaymiz, biroq qo‘nayotganda, tashqi bosim keskin ko‘tarilganda va quloq pardasiga ta’sir qilganda, u yanada qattiqroq tortiladi, natijada og‘riq kelib chiqadi.

Tumov paytida uchishga majbur bo‘lib qolgan odamlarga shifokor quyidagi tavsiyani beradi:

— Men bemorlarga parvozga o‘zi bilan birga tomirlarni toraytiruvchi birorta sprey olib ketishni maslahat beraman. Quloqlaringiz odatda qachon bitishini eslang: uchayotgandami yoki qo‘nayotganda? Agar qo‘nayotganda bitsa, bir soat oldin tomirlarni toraytiruvchi preparatdan foydalaning. Bordi-yu, bezovtalik uchayotganda kuzatilsa, dorini parvozdan bir soat oldin qo‘llang. Ana shu oddiy usul orqali burun bo‘shlig‘i va quloq teshigidagi shishni bartaraf eta olamiz. Shunda butun parvoz davomida ichki va tashqi bosim bir xil bo‘ladi va sayohatingiz maroqli kechadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring