Nega Bayden avvalroq Si Szinpinga emas, Putinga qo‘ng‘iroq qildi?
AQShning yangi prezidenti Jozef Bayden 26-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi. Holbuki, Bayden AQShga ittifoqdosh asosiy davlatlar rahbarlarining hammasi bilan ham telefonlashishga ulgurmagandi.
Bayden birinchi navbatda telefonlashmaganlar orasida «hisoblashmasa bo‘lmaydigan» XXR raisi Si Szinpin bilan ham bor. Xo‘sh, nega Putin?
Oq uy rahbarining matbuot kotibi Jen (Jennifer) Psaki bu savolga oydinlik kiritdi. U so‘zining boshidayoq Rossiya AQShning ittifoqchisi emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Ammo bu suhbat taqozo etilardi, chunki... DSNV (strategik hujum qurollari bo‘yicha kelishuv) muddati tugayotgandi, muloqotda u (Bayden) o‘zi va ma’muriyatida Rossiya hukumatining xatti-harakatlari borasida jiddiy xavotir mavjudligini aniq-ravshan tushuntirdi», — dedi Oq uy matbuot kotibi.
Psaki qo‘shimcha qilishicha, Bayden AQSh-Xitoy munosabatlarini hamkorlar va ittifoqchilar bilan qizg‘in muhokama qilgan. Biroq Pekin bilan bog‘lanishga imkoniyati bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, yanvardagi muloqotda Rossiya va AQSh yetakchilari DSNV-3ni uzaytirishga kelishib olishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter