Navoiy hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Akmaljon Mahmudaliyev 1974-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisoboti fakultetini, 2005-yilda Toshkent Kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.
2007-yildan 2013-yilgacha Davlat don inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasida yetakchi va bosh davlat don inspektori lavozimlarida ishlagan. 2013-yilning sentyabr oyidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2018-yilning 14-iyun kunidan boshlab tayinlovga qadar Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida bir qator shahar va tuman hokimlari almashgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter