Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi xonadonlarning birida ochilgan «kazino» faoliyatiga chek qo‘yildi

Namangandagi xonadonlarning birida ochilgan «kazino» faoliyatiga chek qo‘yildi

23 aprel kuni soat 20:55 da IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida Namangan shahar, «Yuqori G‘irvon» mahallasida yashovchi 33 yoshli B.U. yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, shu mahallada yashovchi 5 nafar fuqarolarga, har bir o‘yin uchun 1 000 so‘mdan pul mablag‘larini olib, ularga qimor va tavakkalchilikka asoslangan «Loto» o‘yini tashkil etib, moddiy manfaatdorlik ko‘rayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘rtaga o‘yin uchun tikilgan 442 000 so‘m pul, 36 dona o‘yin kartalari, 24 dona raqamlar yozilgan loto uyini qog‘oz kartalari va 90 dona loto toshlari o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring