«MYu» Ronaldu bilan janjalsiz xayrlashmoqchi
Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubi o‘z hujumchisi Krishtianu Ronalduning harakatlaridan norozi va yaqin orada u bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.
The Sun xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati 37 yoshli futbolchini majburan klubda ushlab turolmasligini biladi va u bilan janjalsiz xayrlashmoqchi. Klub rahbariyati bilan suhbatdan so‘ng, «qizil iblislar» ustozi Erik ten Xag portugaliyalik yulduzsiz jamoa qurishi kerak, degan qarorga kelgan.
Ronaldu oilaviy sharoiti sabab «Manchester Yunayted»mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormoqda. Ammo u Portugaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida mustaqil shug‘ullanishni davom ettirmoqda.
Ronaldu o‘tgan yili «MYu» safiga qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter