Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-aprelga qadar muhandislik maktablari uchun kollejlar bazalari aniqlanadi

1-aprelga qadar  muhandislik maktablari uchun kollejlar bazalari aniqlanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Murojaatnomasida muhandislarni tayyorlash va qayta tayyorlash alohida vazifa qilib belgilangan.

Mutasaddi vazirlarga tarmoqlar rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar joylarga chiqib, muhandislik maktablari uchun kollejlar bazasini aniqlash, xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, maktablarning yo‘nalishlari va dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

Investitsiya, sanoat va savdo vaziri L.Qudratov oldiga tarmoqlar bilan tizimli ishlash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, 6 milliard dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, ishga tushadigan 304 ta strategik va yirik loyiha ustidan haftalik onlayn monitoringni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev tumanlarga borib, hududiy investitsiya dasturlariga kirgan 3 mingga yaqin loyihalarni vaqtida ishga tushirishga javob berishi, mavjud muammolarni joyida tezkor hal etilishini ta’minlash, har bir tuman va shaharda kamida 50 million dollar qo‘shimcha investitsiya jalb qilish uchun mas’ul bo‘lishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring