Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yoshli qiz kollejning eng yosh bitiruvchisi bo‘ldi (foto)

11 yoshli qiz kollejning eng yosh bitiruvchisi bo‘ldi (foto)

Afina Elling.

Foto: Orange County Register

Irvine Valley kollejida gumanitar fanlar sohasi kichik mutaxassisi darajasini olgan 11 yoshli Afina Elling AQShdagi eng yosh kollej bitiruvchisiga aylandi

Foto: Orange County Register

E’tiborli tomoni, o‘tgan yili shu kollejni tamomlagan uning akasi Ticho eng yosh bitiruvchi bo‘lgandi. Ammo u o‘shanda singlisidan yarim yosh katta edi — rekord Afinaga o‘tdi.

Akasi kabi Afina ham o‘rta maktabga erta borgan, mahalliy kollejda o‘qishni davom ettirgan.

Qizning aytishicha, diplom olish hech qachon asosiy maqsadi bo‘lmagan, shunchaki akasi Tichoning rekordini yangilashni maqsad qilgan. Umuman olganda, oshpazlik, taekvondoda ham doim akasidan o‘zishga intilib keladi.

Foto: Orange County Register

Afinaning onasi Kristina Chou aytishicha, hech qachon farzandlarini bu yo‘lga majburlashmagan. Bolalari shunchaki o‘qishga qiziqishadi, ikkalasi ham yuqori natijalarga mustaqil erishishgan.

Foto: Orange County Register

Ticho hozirda Kaliforniya universitetida matematikadan bakalavr darajasini olish arafasida. Afina esa musiqa yoki psixologiya yo‘nalishida yana bir kichik mutaxassis darajasini olishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring