Moskvadan Samarqandga qaytarilgan samolyot bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
«Rossiya» aviakompaniyasining 10 iyul kuni Samarqanddan Moskvaga uchgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytdi.
Aeroport xodimining «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, FV-6552 reysi jadval bo‘yicha mahalliy vaqt bilan soat soat 07:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchgan, biroq texnik sabablarga ko‘ra ekipaj aeroportga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va soat 09:00 da kelib qo‘ngan.
Aniqlik kiritilishicha, hozirda ushbu samolyot aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi, uning bortida bo‘lganlar jabrlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter