Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MOQ mojaroga oydinlik kiritdi? Yo‘g‘-e, aksincha...

MOQ mojaroga oydinlik kiritdi? Yo‘g‘-e, aksincha...

Kechadan buyon O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va respublika karate federatsiyasi sobiq rahbari N.Nafasov o‘rtasidagi ziddiyatning ikkinchi bosqichi boshlagandek... Nega?

Ma’lum vaqt avval N.Nafasovning federatsiya rahbarligidan mojaroli tarzda olinishi ortidan tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik butun ommaga ma’lum bo‘lib ulgurgan edi. Kecha MOQ saytida joylashtirilgan go‘yoki «N. Nafasovning kidikorlari fosh etilgani» haqidagi xabar esa mojaroni «yangi bosqich»ga olib chiqdi. Mazkur xabar tezda internetdagi axborot saytlarida tarqaldi. Ko‘p o‘tmay, Bosh prokuratura MOQ saytida joylashtirilgan xabarni aybsizlik prezumsiyaga zid ekanini ta’kidlab, federatsiya sobiq rahbari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha na gumondor, na ayblanuvchi tariqasida jalb etilmagani haqida bayonot berdi.

Bosh prokuraturaning bayonoti masalaga qo‘yilgan qonuniy nuqta aslida. Bu yog‘iga tergov jarayoni yakuni-yu sud hukmini kutish kerak, vassalom. Qonunning talabi shu. Shunga qaramay, prokuratura qoralagan MOQ saytidagi xabar olib tashlangani yo‘q. Aksincha, sanoqli soatlar avval MOQ yangi bayonot bilan chiqdiki, unda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi bilan bog‘liq mojaroga oydinlik kiritiladi, go‘yo. Yo‘q, bu oydinlik emas, aksincha, qonunga zid tarzda e’lon qilingan kechagi xabarning «siyosiy liboslarga burkab», qayta e’lon qilinishi, xolos.

Buyam aybsizlik prezumsiyaga zid ekanini ta’kidlash shart bo‘lmasa kerak. Modomiki, federatsiyaning sobiq rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, endigina tergovga bog‘liqlik masala hal etilayotgan ekan, buyog‘iga mojaroga MOQ emas, tergov va sud organlari oydinlik kiratadi. Bundan boshqa vakolatli idora yo‘q. Bu jarayonda MOQdan mavjud qonunlar, xususan, aybsizlik prezumsiyasiga rioya etilishi talab qilinadi, xolos. Aks holda, mojaro battar alanga olishi ehtimoli ortib, bu hol birinchi navbatda MOQday katta tashkilot nufuziga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Gap shunda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring